Shimoliy koreyaliklar AQSH kompaniyalarini chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Federal qidiruv byurosi va AQSH Adliya vazirligi vakillari Amerika kompaniyalaridagi minglab masofaviy dasturchilar KXDR fuqarolari ekanligini ma’lum qildi. Bir necha yil davomida bu mutaxassislar Shimoliy Koreyaning ballistik raketa dasturini moliyalashtirish uchun olgan maoshidan millionlab dollar jo‘natgan.

Ushbu dasturchilar Sent-Luis va AQSHning boshqa shaharlaridagi kompaniyalar bilan masofadan ishlash uchun shartnoma tuzgan. Mutaxassislar bir qator kompaniyalarda ishlashi uchun soxta tarjimai hol va hujjatlardan foydalangan.

AQSH federal ma’muriyati hali ham davom etayotgan tergov doirasida 1,5 million dollar va 17 domen nomlari musodara qilinganini e’lon qildi.

FBR maxsus agenti Jey Grinbergning aytishicha, frilanserlarni yollagan har bir kompaniya Shimoliy Koreya sxemasi ishtirokchisi hisoblanadi.

“Ushbu sxema shunchalik keng tarqalganki, ish beruvchilar xodimlarni yollashda, jumladan, videokonferensiya orqali intervyu o‘tkazishda, ayniqsa, hushyor bo‘lishlari kerak”, deydi Grinberg. 

Adliya vazirligi shimoliy koreyalik dasturchilarni yollagan kompaniyalar ro‘yxatini e’lon qilmagan. Shuningdek, bo‘lim amaliyot qachon boshlangani va qo‘shimcha ma’lumotlarni oshkor qilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing