Shimoliy Koreya Janub bilan yarashish ramzini buzib tashladi – OAV
Olam
−
24 yanvar
11692Shimoliy Koreya o‘z poytaxtidagi Janubiy Koreya bilan yarashish ramzi bo‘lgan yirik yodgorlikni buzib tashladi. Bu haqda Amerikaning KXDR haqidagi NK News axborot resursiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“Pxenyanning sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari Koreyaning birlashishiga umid beradigan “Birlashish arkasi” deb nomlanuvchi yodgorlik endi yo‘qligini ko‘rsatdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreyaning xatti-harakatlari Janubiy Koreyada xavotir uyg‘otishi va Pxenyanning siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Buning ehtimoliy sabablaridan biri esa AQSHda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridir.
Ma’lumot uchun, “Birlashish arkasi” 2001 yilda Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari birinchi marta uchrashgan Koreyalararo sammit xotirasiga qurilgan yodgorlikdir. Unda an’anaviy kiyim kiygan ikki koreys ayolining qo‘lida yagona Koreya xaritasini ushlab turgani tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR Oliy xalq assambleyasining X sessiyasida so‘zga chiqib, mamlakat konstitutsiyasida Janubiy Koreyani “birinchi raqamli dushman davlat” deb belgilashga va Pxenyandagi ikki davlat birlashishi ramzi bo‘lgan yodgorlikni buzib tashlashga chaqirgandi.
LiveBarchasi