Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yapon dengiziga bir nechta ballistik raketa uchirdi. Ulardan biri dengizga qulab tushgan. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Yaponiya Sohil xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, amaliyotda bir nechta qisqa masofali ballistik raketalar ishtirok etgani aniqlangan. Raketalardan biri mamlakatning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqarida dengizga qulab tushgan.

Nashrga ko‘ra, Sohil xavfsizlik xizmati dengiz kemalarini qo‘shimcha ma’lumotni kuzatishga va agar raketa qoldiqlari aniqlansa, unga yaqinlashmaslikka va tegishli davlat idoralariga xabar berishga chaqirgan. Parvoz masofasi va balandligi haqida hozircha ma’lumot mavjud emas.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 avgust kuni KXDR chegara qo‘shinlari mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilgan 250 ta yangi taktik ballistik raketalarni uchirish moslamalarini qabul qilib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “dushmanlarning har qanday tahdidlarini oldini olish uchun mamlakatning yadroviy imkoniyatlarini kuchaytirish”ga va’da bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya ballistik raketa Yapon dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing