Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya joriy yilning 2 noyabr kuni Yapon dengiziga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Yaponiya qo‘riqchilari mintaqadagi kemalarni raketa parchalari topilsa, ularga yaqinlashmaslikka, zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Yaponiya qirg‘oq xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR tomonidan uchirilgan, ballistik raketa allaqachon qulab tushgan. Biroq, qayerga yiqilgani ma’lum emas.

Qayd etilishicha, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida idorasi qoshida Pxenyanning yangi raketa uchirishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va yig‘ish bilan shug‘ullanadigan shtab ishlay boshladi. 

Ma’lumot uchun, KXDR yil boshidan buyon 29 ta raketa uchirishni amalga oshirdi. Ulardan 23 tasi har xil turdagi ballistik raketalarning uchirilishi bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakat uchta holatda qanotli raketalar, qolganlarida ballistik raketalar uchirgan. May oyida qasamyod qilgan amaldagi prezident Yun Sok Yol davrida Shimoliy Koreya 14 marta raketa uchirdi. Oxirgisi 14 oktyabrda bo‘lib o‘tdi, o‘shanda qisqa masofali ballistik raketa uchirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing