Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ikkita ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

“Mainichi Shinbun” gazetasining Yaponiya Mudofaa vazirligi bergan ma’lumotlarga tayanib yozishicha, KXDR keyinchalik yana ikkinchi raketani ham uchirgan. Vazirlik raketaning qaysi yo‘nalishda uchganiga aniqlik kiritmagan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ikkala raketa ham Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari ham ikkinchi raketa haqida xabar bergan. Har ikkala qisqa masofali raketalar ham mahalliy vaqt bilan soat 11:43 va 11:53 oralig‘ida Pxenyan tashqarisidagi Sunan hududidan uchirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 2 sentyabr kuni Shimoliy Koreya Sariq dengizga bir nechta qanotli raketalarni uchirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya Yapon dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing