Shimoliy Koreya Sariq dengizga qanotli raketalar uchirdi
Olam
−
03 Sentabr 2023
5691Shimoliy Koreya Sariq dengizga bir nechta qanotli raketalarni uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari xabar berdi.
Uchirish kecha, 2 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4:00 atrofida bo‘lib o‘tgan. Raketalarning xarakteristikalari berilmagan.
Shundan so‘ng, Janubiy Koreya harbiylari AQSH bilan yaqin hamkorlikda to‘liq hushyorlikni saqlab turishini bildirgan.
Pxenyan uchirishga hozircha izoh bermagan.
“Yonhap” agentligining qayd etishicha, uchirishlar Janubiy Koreya va AQSHning Ulchi Freedom Shield qo‘shma mashg‘ulotlaridan bir necha kun o‘tib amalga oshirilgan. Pxenyan ularni bosqinga tayyorgarlik sifatida baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi dengiz floti kemasiga o‘tirib, dengizdan uchiriladigan strategik qanotli raketani uchirish mashqlarini ko‘zdan kechirgan.
LiveBarchasi