Kim Chen In strategik qanotli raketani uchirish mashqlarini shaxsan kuzatdi (fotoreportaj)

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi dengiz floti kemasiga o‘tirdi va dengizdan uchiriladigan strategik qanotli raketani uchirish mashqlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, Kim Chen In dengiz patrul xizmati topshirig‘ini bajaradigan 661-sonli patrul kemasiga o‘tirib, uning qurol-yarog‘i va jangovar tayyorgarligini tekshirib ko‘rgandan so‘ng, kema dengizchilarining strategik qanotli raketa uchirish bo‘yicha mashg‘ulotlarini kuzatgan. 

“Kruiz raketasi mo‘ljalga tez va aniq zarba berdi, bu esa kemaning doimiy tayyorgarligi va hujum qobiliyatini tasdiqladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Shuningdek, KXDR rahbari Koreya xalq armiyasi harbiy-dengiz kuchlarining barcha flotlarini safarbarlikka doimiy shay holatda saqlashni buyurgan. Shu bilan birga, u real sharoitlarda jangovar tayyorgarlik ko‘rish usuli sifatida muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazish muhimligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya va AQSH joriy yilning 21-31 avgust kunlari “Ulchi Freedom Shield” yillik qo‘shma mashqlarini o‘tkazadi. Pxenyan esa muntazam ravishda Vashington va Seulni Koreya yarim oroli hududidagi bunday manyovrlar uchun tanqid qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya qanotli raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing