Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi
Olam
−
30 may
2983Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Agentlik dastlab bitta ballistik raketa uchirilganini yozdi. Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi keyinroq 10 ga yaqin qisqa masofali ballistik raketalar uchirilganiga aniqlik kiritdi.
“Shimoliy Koreya ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazish bahonasida provokatsiya qilishda davom etmoqda, biroq ularni bu qadar ko‘p miqdorda uchirish odatiy hol emas. Harbiylar batafsil tavsiflarni, jumladan, raketa modeli va parvoz masofasini tahlil qilmoqda”, deyiladi qo‘mita bayonotida.
NHK telekanalining Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga tayanib, xabar berishicha, raketalar allaqachon dengizga – Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni Shimoliy Koreya harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan yangi turdagi raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida xabar bergandi. Raketa havoda portladi. May oyi boshida Shimoliy Koreya allaqachon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgan edi, ularning barchasi Koreya yarimoroli va Yaponiya o‘rtasidagi dengizga qulagan edi.
LiveBarchasi