Shimoliy Koreya yangi strategik qanotli raketaning birinchi sinovini o‘tkazdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yangi turdagi “Pulxvasal-3-31” qanotli strategik raketasini ilk sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi. 

Sinovlar KXDR Raketa fanlari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.

Aytilishicha, raketa uchirilishi atrofdagi mamlakatlar xavfsizligiga ta’sir qilmagan va hozirgi sinov qurol tizimlarini doimiy yangilash jarayoni, muntazam va majburiy faoliyat ekani qo‘shimcha qilingan.

“Yonhap” agentligining yozishicha, sinovlar haqidagi ma’lumot tasdiqlangan.

Ularga ko‘ra, Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirgan. Agentlikning eslatishicha, Shimoliy Koreya oxirgi marta qanotli raketalarni 2023 yilning sentyabrida uchirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya qanotli raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made