Shimoliy Koreya yadroviy quroldan foydalansa, Kim Chen Inning rejimi qulaydi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani ittifoqdosh davlatlarga nisbatan yadro qurolidan foydalanish Kim Chen In rejimining qulash bilan tugashi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu ovoz ritorikasidan sezilib turibdiki, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya bir necha bor ballistik raketalar uchrganidan so‘ng, Shimoliy Koreyani qurollanish borasida yanada kuchayishdan tiyib qo‘ymoqchi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda.

Kecha, 3 noyabr kuni Pentagonda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin va uning koreyalik mavqedoshi Li Chjon Sop so‘zga chiqib, Amerika va Janubiy Koreya birgalikda o‘tkazayotgan “Hushyor bo‘ron” (“Vigilant Storm”) harbiy mashg‘ulotlarini noma’lum muddatgacha cho‘zilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida Shimoliy Koreyaning ballistik raketalarni uchirayotgani keltirilgan.

Vazir Li Shimoliy Koreya yadroviy sinov o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi. Biroq, u bu voqea qachon sodir bo‘lishi mumkinligini bashorat qilishdan bosh tortgan.

“Amerika Qo‘shma Shtatlar yoki uning ittifoqchilari va hamkorlariga qarshi har qanday yadroviy hujum, shu jumladan strategik bo‘lmagan yadroviy qurollardan foydalanishni qabul qilib bo‘lmaydi. Bu Kim Chen In rejimining tugashiga olib keladi”, deyiladi AQSH va Janubiy Koreya Mudofaa vazirlarining qo‘shma bayonotida.

Li Chjon Sop Shimoliy Koreya yadro qurolidan foydalanadigan bo‘lsa, ittifoqchi davlatlarning javobi hisobsiz va dadil bo‘lishi mumkinligidan qat’iy ogohlantirdi.

AQSH mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Koreya va Amerika o‘rtasida ittifoq “po‘lat bilan qoplangan” va uni hech qachon buzib bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida “Vigilant Storm” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari start oldi. Unda 240 ga yaqin harbiy samolyotlar ishtirok etmoqda. 

Mashg‘ulotlarga Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlarining 140 ga yaqin samolyotlari, jumladan F-35A, F-15K, KF-16 qiruvchi samolyotlari, KC-330 yonilg‘i quyish samolyoti, Amerika tomonidan esa yuzga yaqin samolyot, jumladan F-35B qiruvchi samolyotlari, EA-18 elektron razvedka samolyoti va U-2 josuslik samolyoti jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Lloyd Ostin Li Chjon Sop “Vigilant Storm”

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing