Pentagon nega Yaqin Sharqda qo‘shinlarini saqlab turganini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin kecha, 6 oktyabr kuni isroillik mavqedoshi Yoav Galant bilan telefon suhbatida Vashington Yaqin Sharqda Isroilga yordam berish uchun muhim kuchlarni saqlab turganini ta’kidladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat harbiy idoralari rahbarlari “Eronning Yaqin Sharqdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari hamda Livan va G‘azo sektoridagi hozirgi vaziyatni” muhokama qilgan.

"Ostin Qo‘shma Shtatlarning Isroil xavfsizligiga, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga va fuqarolarning Isroil-Livan chegarasining har ikki tomonidagi uylariga xavfsiz tarzda qaytishiga imkon beruvchi yechimga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi", deydi Rayder.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostin va Galant “Eron va unga aloqador hamkorlar va kuchlarni vaziyatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish yoki mojaroni kengaytirishdan qaytarishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan.

“Ostin 9 oktyabr kuni Pentagonda Gallantni qabul qiladi. Ular Yaqin Sharqdagi xavfsizlik vaziyatini muhokama qiladi”, dedi Rayder.

1 oktyabr oqshomida Eron HAMAS, “Hizbulloh” va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yetakchilarining o‘ldirilishiga javoban Isroilga yirik raketa hujumi uyushtirdi. Tehronning aytishicha, raketalarning 90 foizi mo‘ljallangan nishonlarni muvaffaqiyatli urgan, Isroil esa Eron 180 ga yaqin raketa uchirgani va ularning aksariyati tutib olinganini da’vo qilmoqda.

Isroil Bosh shtabi "vaqtni tanlash" va hujumga javob berishga va’da berdi. Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy esa ibroniy tilida Isroilga hujumlar yanada kengroq bo‘lishidan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaqin Sharq Pentagon Lloyd Ostin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made