Shimoliy Koreya turistlarga jinsi kiyishni taqiqladi

Olam

image

Shimoliy Koreya “amerikalashuv xavfi”dan himoyalanish maqsadida sayyohlarga ko‘k jinsi shim kiyish va chet el musiqalarini tinglashni ta’qiqladi. Bu haqda “Lenta” nashri xabar berdi 

Ushu yangilik haqida xabar qilgan sayohatchi-bloger Natalya Anstalning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda garderobning bunday elementi amerikaparastlik belgisi sifatida qabul qilinadi. Bundan tashqari, mamlakatda sochni bo‘yash va ba’zi kitoblar ham taqiqlangan. Janubiy Koreyada suratga olingan serial yoki filmlarni tomosha qilish esa 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

“Ayrim kitoblarni olib kirishga taqiq bor, siz o‘zingiz bilan biron bir kitob olib kelayotgan bo‘lsangiz, u taqiqlanganmi yoki yo‘qligini tekshirishingiz kerak. Jumladan, Shimoliy Koreyada xorijiy mualliflarning mamlakat va Janubiy Koreya haqidagi kitoblari taqiqlangan. Boshqa kitoblarni ham tekshirib olganingiz ma’qul”, dedi Anstal.

Shuningdek, u mamlakatda internet keskin cheklangani va xorijiy musiqalar taqiqlanganini ham qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra sayyohlar uchun qo‘yilgan cheklovlar shu bilan tugamaydi. 

“Biz harbiy inshootlar, ko‘priklar yoki hukumat binolarini suratga ololmaymiz. Mahalliy aholini kameraga muhrlash uchun ham ulardan ruxsat olishimiz kerak. Shuningdek, ko‘chada gidsiz yurmaymiz va mahalliy aholi bilan uzoq vaqt davomida gaplashmaymiz”, dedi u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya hukumati ayollarning shorti kiyishini taqiqlamoqchi ekanini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya taqiq musiqa turistlar jinsi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing