Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida qatnashishdan bosh tortdi
Olam
−
06 aprel 2021
4149Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydi. Bu haqda "Interfaks" yozmoqda.
Xabarga ko‘ra, bu qaror 25 mart kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Shimoliy Koreya Olimpiya qo‘mitasi Bosh assambleyasi yig‘ilishida qabul qilingan.
KXDR Olimpiadada qatnashishdan bosh tortish orqali o‘z sportchilarini global koronavirus pandemiyasidan himoya qilmoqchi.
"Koreya Xalq Demokratik Respublikasi koronavirus bilan bog‘liq sog‘liqni saqlashdagi global inqirozdan sportchilarimizni himoya qilish uchun 32-Olimpiadada qatnashmaslikka qaror qildi", deyilgan xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli ular 2021 yilga qoldirildi.
Endi Olimpiada joriy yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiada 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi