Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon qanotli raketalarini uchirdi
Olam
−
24 yanvar
3341KXDR Sariq dengiz yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta qanotli raketalarini uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.
Uchirish bugun, 24 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 larda amalga oshirilgan. Agentlik raketalar soni va ularning turiga aniqlik kiritmagan.
“Kuzatuv va hushyorlikni kuchaytirgan holda, harbiylarimiz Shimoliy Koreya provokatsiyalarining qo‘shimcha belgilarini kuzatish uchun Qo‘shma Shtatlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, deyiladi Janubiy Koreya harbiylari bayonotida.
Agentlik manbalarining aniqlik kiritishicha, raketalar ballistik raketalarga qaraganda pastroq balandlikda uchgan. Ta’kidlanishicha, “parvoz masofasi qisqa bo‘lmagan” va raketalar yerdan uchirilgan. “Yonhap” bular Hwasan-31 yadro kallagini olib yurishga qodir Hwasal-1 yoki Hwasal-2 qanotli raketalari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni mashg‘ulotlar doirasida Shimoliy Koreya qirg‘oq artilleriyasi Janubiy Koreyaning Sariq dengizda joylashgan Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 ga yaqin snaryad otgandi. Bunga javoban Janubiy Koreya harbiylari o‘z manyovrlarini o‘tkazib, 400 ta snaryad otdi. 6 yanvar kuni esa Pxenyan g‘arbiy qirg‘oqdan Sariq dengiz tomon yana 60 ga yaqin snaryad otdi.
LiveBarchasi