Shimoliy Koreya Rossiyaga 13 mingdan ortiq konteynerda qurol-yarog‘ yuborgan bo‘lishi mumkin

Olam

image

2022 yil o‘rtalaridan beri Shimoliy Koreya Rossiyaga ichida qurol-yarog‘ bo‘lishi mumkin bo‘lgan 13 ming dengiz konteynerini jo‘natgan. Bu haqda Janubiy Koreya harbiy razvedka boshqarmasi hisobotiga tayanib, “Newsweek” xabar bermoqda.

Sharqiy Najin porti orqali KXDR Rossiya Federatsiyasiga 6 milliondan ortiq 152 mm artilleriya snaryadlari, shuningdek, mobil zenit-raketa tizimlari, tankka qarshi raketalar va boshqa harbiy texnikani olib o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, konteynerlarning deyarli yarmi joriy yilning fevral oyidan keyin jo‘natilgan. Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq Pxenyan Moskvaga qurol-yarog‘ solingan 6,7 ming konteyner yuborgan. Bunday ta’minot evaziga Rossiya Shimoliy Koreyaga raketa va sun’iy yo‘ldosh dasturlari bo‘yicha texnologik yordam ko‘rsatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan imzolangan 23 moddadan iborat shartnoma mazmunini ochiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shimoliy Koreya qurol-yarog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made