Shimoliy Koreya gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 14 yanvar kuni Shimoliy Koreya gipertovushli boshqariladigan ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Sinovlar davomida mutaxassislar raketaning gipertovushli kallagining manyovr qobiliyatini, shuningdek, ko‘p bosqichli yuqori quvvatga ega qattiq yoqilg‘i dvigatellarining ishonchliligini tekshirgan.

KXDR Raketasozlik bosh boshqarmasining xabar berishicha, gipertovushli kallakka ega o‘rta masofali raketa sinovi “mudofaa sanoatining yangi qurollarni yaratish bo‘yicha muntazam faoliyatining bir qismidir”.

Ma’lum qilinishicha, uchirish "atrofdagi mamlakatlar xavfsizligiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan".

O‘z navbatida, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan mazkur raketa 2024 yilda ballistik raketaning ilk sinovi bo‘lganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya oxirgi marta 17 dekabrda qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketani, o‘tgan yilning 18 dekabrida esa “Xvason-18” qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya KXDR ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing