Shimoliy Koreya 4 yil o‘tib sayyohlarni qabul qilmoqchi

Olam

image

Shimoliy Koreya yana mamlakatda turistik xizmatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Rossiya provinsiyasi ma’murlari va G‘arb sayyohlik gidlariga tayanib “Reuters” xabar berdi.

Rossiyadan kelgan guruh 2020 yil boshida pandemiyaga qarshi chegara blokirovkalari boshlanganidan beri Shimoliy Koreyaga kirishga ruxsat berilgan birinchi sayyohlar bo‘lishi mumkin. 

COVID-19 tarqalishi davrida Pxenyan dunyodagi eng qat’iy chegara choralaridan birini qo‘llab, hali ham chet elliklar uchun chegarani to‘liq ochmayotgan edi.

Vladivostokda joylashgan agentlik tomonidan ilgari surilgan bu fikr Shimoliy Koreya bilan chegaradosh Rossiyaning uzoq sharqidagi Primorsk o‘lkasi gubernatori Pxenyanga muzokaralar o‘tkazish uchun tashrif buyurgan paytiga to‘g‘ri keldi.

To‘rt kunlik sayohat joriy yilning 9 fevralida boshlanadi. Mavjud marshrutga ko‘ra, turistlar Pxenyanning asosiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradi va tog‘-chang‘i kurortida to‘xtaydi. 

Rossiyalik sayyohlarning Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tishlari tasodif emas. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2023 yilning sentyabr oyida Rossiya sharqida sammit o‘tkazib, xalqaro sanksiyalarga qaramay, iqtisodiy, siyosiy va harbiy hamkorlik bo‘yicha gaplashib olgan edi. Shuningdek, BMTning Shimoliy Koreyaga oid rezolyutsiyalari turizmga ta’sir qilmasligi bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya sayohat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing