Shimoliy Koreya sayohlar uchun chegaralarini yopdi
Olam
−
21 yanvar 2020
6849Shimoliy Koreya hukumati Xitoyda tarqalgan halokatli 2019-nCoV koronavirusi tarqalishi xavfi tufayli sayohlar uchun o‘z chegaralarini yopishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“KXDR barcha chet ellik sayyohlarning Shimoliy Koreyaga kirishini vaqtincha taqiqlaydi. Bu hukumat koronavirus to‘liq nazorat ostida ekanligiga amin bo‘lmagunlaricha davom etaveradi”, deydi Xitoyning Young Pioneer Tours turoperatori vakili Rovan Berd.
KXDRning bunday tashvishlanishiga mamlakatga xitoylik sayohlar oqimining ko‘pligi bilan ham baholanmoqda. South China Morning Post nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Shimoliy Koreyaga Xitoydan 350 ming atrofida sayoh tashrif buyuradi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi