Shimolga javoban Janubiy Koreya ikki barobar ko‘p snaryad otdi
Olam
−
05 yanvar
15983Janubiy Koreya qo‘shinlari Sariq dengizdagi orollarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida Pxenyan demarkatsiya chizig‘idan shimoldagi suvlarni o‘qqa tutishda qo‘llaganidan ikki barobar ko‘p – 400 ga yaqin snaryad otdi. Bu haqda harbiylar orasidagi manbasiga tayanib, “The Choson Ilbo” gazetasi xabar berdi.
Janubiy Koreya tomoni Seul haqiqiy dengiz chegarasi deb hisoblagan shimoliy demarkatsiya chizig‘idan janubdagi suvlarda shartli nishonlarga zarba bergan. Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari 2017 yil avgustidan beri birinchi marta shimoli-g‘arbiy orollarda K9 o‘ziyurar qurollarini qo‘llagan.
Qayd etish joizki, 2018 yilning 19 sentyabr kuni artilleriyadan o‘q otish taqiqlangan nishonlarda dengiz bufer zonalarini belgilash to‘g‘risida Koreyalararo kelishuv tuzilgan. Seul o‘tgan yilning noyabr oyida Shimoliy Koreya ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshi uchirilishiga javoban qisman unga rioya qilishni to‘xtatgach, Pxenyan ham kelishuvdan voz kechgan.
Gazetaning yozishicha, Yonpxyondo orolida evakuatsiya buyrug‘i Janubiy Koreya harbiylari u yerda mashg‘ulotlarni boshlashidan “oldin” berilgan. Aholidan "otishma amaliyoti davomida" boshpanalarga borish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya qirg‘oq artilleriyasi bugun, 5 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 09:00 dan 11:00 gacha Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 dan ortiq snaryadlar otgan. Yonpxyondo orolida 12:02 va 12:30 oralig‘ida evakuatsiya e’lon qilingan. Janubiy Koreya mashqlari esa taxminan 15:00 da boshlangan.
LiveBarchasi