Shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni tiriklayin muzlatgichga joylashtirdi
Olam
−
05 Oktabr 2019
18896Qozog‘istonning Atirau shahrida shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirishda ayblanyapti. Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi o‘rinbosari Chingiz Kabdulaning ma’lum qilishicha, shifokorlar chaqaloqni muzlatgich kameraga joylashtirishgan.
“Gippokrat qasamini ichgan sog‘liqni saqlash xodimlari yangi tug‘ilgan chaqaloqni muzlatgich kameraga joylashtirish orqali o‘ldirishda ayblanyapti. Maxsus tezkor tadbirlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, chaqaloq tug‘ilganda shifokorlarning mas’uliyatsizligi sabab o‘lik tug‘ilgan deb ro‘yxatga olingan, ammo u tirik bo‘lgan. Chaqaloq tiriklik belgilarini ko‘rsatganda, shifokorlar uni reanimatsiyaga olish o‘rniga, rasmiylashtirilgan hujjatga ko‘ra harakat qilishni ma’qul ko‘rgan va yangi chaqaloqni muzlatgichga joylashtirishgan”, deydi Kabdula.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlarning bunday qilishiga to‘ldirilgan hujjatga tuzatish kiritib bo‘lmasligi ham sabab bo‘lgan.
Hozirda gumonlanuvchilar hibsga olingan va tergov harakatlari davom etyapti. Tergov Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “Qotillik” moddasi bo‘yicha o‘tkazilyapti. Gumonlanuvchilarga 20 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
LiveBarchasi