Shifokorlar Xasbikka umri oz qolganini aytdi

Sport

image

Xasbik nomi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik mashhur bloger Xasbulla Magomedovga shifokorlar umri oz qolganini ma’lum qildi. Bu haqda Xasbikning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Shifokorlar yashashga ko‘p vaqtimiz qolmaganini aytdi”, deya hazillashdi 21 yoshli bloger.

Qayd etish joiz, Xasbulla noma’lum genetik anormallik kasalligiga yo‘liqqan bo‘lib, u balog‘at yoshida ham bolalarcha ko‘rinish va tushunarsiz nutqqa ega. Xasbikning bo‘yi 100 santimetr, og‘irligi esa 20 kilogrammni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Xasbulla Magomedov aralash yakkakurashlar bo‘yicha UFC promouterlik elchisi bo‘ldi. O‘sha yili bloger “Forbes” jurnalining “Yangi medianing istiqbolli 10 yosh yulduzi” reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xasbik Xasbulla Magomedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made