Xasbikka ekstremizm bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda

Sport

image

Bloger Xasbulla Magomedov (Xasbik) Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tomonidan ekstremizm bo‘yicha ayblovda tekshiriladi. Bu haqda “Mma.metaratings.ru” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mamlakat bosh prokuraturasi Xasbikni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi bo‘yicha – antisemitizm va Dog‘istonda tartibsizliklarga chaqiruvchi posti yuzasidan tekshiradi.

Qayd etilishicha, blogerning Instagram'ga joylagan 2 ta posti ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lgan. Xasbik ijtimoiy tarmoqqa yahudiylarga uy-joy ijaraga bermaslik, ularni avtomashinalarga mindirmaslik va muassasalarda yahudiylarga xizmat ko‘rsatmaslikni targ‘ib qiluvchi postini joylagan. Ikkinchi postida esa bloger Xasavyurtdagi “Flamingo” mehmonxonasi ma’muriyatidan norozi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha xonalarni yahudiylar egallab olgan va agar ular chiqarib yuborilmasa, mehmonxona kulga aylanishini aytgan.

Xasbik obunachilarining ta’kidlashicha, bu Maxachqal’a aeroporti yaqinida mahalliy aholini tartibsizliklarga ham qo‘zg‘atishi mumkin. Bloger keyingi postlarida namoyishchilarning harakatlarini qoralaganiga qaramay, uni nafrat va ekstremizmni targ‘ib qilishda ayblashmoqda.

Ma’lumot uchun, Xasbulla Magomedov – bo‘yi 93 sm bo‘lgan dog‘istonlik bloger hisoblanadi. 2021 yilda yutuber Asxab Tamayev Xasbik ishtirokidagi videolarni o‘z sahifalariga joylay boshladi va Xasbik uchun xuddi shunday genetik anomaliyaga ega bo‘lgan tojikistonlik qo‘shiqchi Abduroziq bilan jang uyushtirishni rejalashtirdi. Ikki bloger o‘rtasidagi o‘zaro to‘qnashuv bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanlari YouTube'da millionlab muxlislarni to‘pladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xasbik Maxachqal'a Xasbulla Magomedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing