Xasbik UFC'dan bir yilda qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Xasbik nomi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik bloger Xasbulla Muhammedov UFC'da so‘nggi bir yilda qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda tashkilot prezidenti Dana Uayt “Hotboxin' with Mayk Tayson” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Unga ko‘ra, bloger 2022 yilning sentyabr oyidan bugunga qadar UFC homiyligida million dollardan ortiq daromad olgan.

“Xasbik - ajoyib yigit. U o‘tgan vaqt ichida aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshira oldi. Biz u bilan kelishuvga erishdik va u video o‘yinda paydo bo‘ldi. Hozir uning surati tushirilgan futbolkalarni sotyapmiz, bu esa unga juda ko‘p foyda keltirmoqda. Xasbikning hozirgacha ishlab topgan puli 1 million dollardan oshib ketdi. Bu faqat UFC'dan, Xasbikning boshqa bizneslari ham bor”, deydi Dana Uayt.

Ma’lumot uchun, Muhammedov bir necha yillardan beri aralash yakkakurashlar (MMA) olamida ancha mashhur hisoblanadi. Uning bo‘yi 93 santimetr, og‘irligi esa taxminan 18 kilogrammni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xasbik UFC bilan besh yillik shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi. Uning asosiy vazifasi tashkilot homiyligida o‘tadigan turnirlarga borish, media kunlarida ishtirok etish va OAV bilan aloqalarini o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Xasbik Xasbulla Muhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing