“Mayda nogiron”. Makgregor Xasbik bilan dahanaki jang qildi
Sport
−
09 Sentabr 2022
27886Rossiyalik bloger Xasbik va UFC'ning sobiq chempioni Konor Makgregor o‘rtasida Twitter ijtimoiy tarmog‘ida dahanaki jang bo‘lib o‘tdi.
Gap shundaki, Xasbikning Konorni tovuq deya haqorat qilgan videosi irlandiyalik jangchigacha yetib borgan.
Shundan so‘ng, UFC'ning sobiq ikki karra chempioni blogerga nisbatan haqoratli so‘zlar yoza boshladi.
“Bu kichik nogironni jon deb darvozaga to‘p qilib tepardim. Bunday zarba qancha turadi? Kichik iflos. Uch ochkoli tashlashni o‘zimga vazifa etib belgilayman”, degan Makgregor o‘zini tovuq deya haqoratlagan rossiyalik blogerga javoban.
Irlandiyalik oxirgi postlaridan birida Xasbikning boshi foto kollaj qilingan o‘yinchoqni tutgan holda uni haqoratlaydi.
“Endi nima deysan, mayda nogiron?”, deya izohlagan Konor ushbu fotosuratni.
Biroq Konor Xasbikga nisbatan yozgan boshqa haqoratli postlari bilan bir qatorda ushbu rasmni ham Twitter sahifasidan o‘chirib tashlagan.
Albatta, Xasbik ham o‘ziga nisbatan qilingan o‘ta jiddiy haqoratni javobsiz qoldirmadi. U UFC prezidenti Dana Uaytga murojaat qilib, undan sobiq ikki karra chempion Konor Makgregorga qarshi jang o‘tkazishni so‘radi.
“Ey, Dana Uayt tog‘a va UFC, iltimos, buni tashkillashtiring. Menga bu tovuq Konorni yeyishga ruxsat bering. Ochman, tog‘dek “duxim” bilan uni yer tishlataman. Mening og‘am Habib uni va uning butun jamoasini mag‘lub etgan”, degan bloger.
Ma’lumot uchun, Konor Makgergor 2021 yilda Dastin Porega qarshi ikkita jang o‘tkazib, ikkisida ham imkoniyatni boy bergan. Konor faoliyatidagi eng katta mag‘lubiyatni 2018 yilning 6 oktyabrida Habib Nurmuhamedovdan qabul qilib olgan. Xasbik esa aynan Habib bilan yaqinligi ortidan tanilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr