Shifoxonalarda davolanayotganlar 2 834 nafarga tushdi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
5345Bugun, 2 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 192 nafarga ortib, 57 646 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 156 nafari Toshkent shahrida;
• 21 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 10 nafari Samarqand viloyatida;
• 5 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 212 nafar;
• Toshkent viloyatida 91 nafar;
• Buxoro viloyatida 20 nafar;
• Samarqand viloyatida 20 nafar;
• Andijon viloyatida 12 nafar;
• Jizzax viloyatida 12 nafar;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, 54 338 (+383) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.
Hozirda 2 834 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi