Sherali Jo‘rayev Surxondaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Sherali Xolmahamadovich Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Jo‘rayev 2023 yildan buyon Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Sherali Jo‘rayev 1984 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. U 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika, moliya, davlat boshqaruvi.

Jo‘rayev mehnat faoliyati davomida tuman hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sherali Jo'raev Surxondaryo hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing