Sud: guvohlar kim tomonda?
Madaniyat-san’at
−
02 may
54315Taniqli xonanda Botir Qodirov O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevni sudga berganidan xabaringiz bor.
Bugun 2 may kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi binosida Botir Qodirov va Zohirshoh Jo‘rayevlar ishi ko‘rilmoqda.
Dastlab, sud ochiq bo‘lishi aytilgandi. Shohjahon Jo‘rayev va Zohirshoh Jo‘rayev tomonidan vakil sifatida qatnashayotgan advokatlar sudning yopiq eshiklar ortida olib borilishini so‘radi. Botir Qodirovning vakili ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlagach, sud yopiq tarzda o‘tkazilishi belgilandi.
Sudda guvohlik berish uchun tashrif buyurganlar orasida Sherali Jo‘rayevning qarindoshi, Shohjahon va Zohirshoh Jo‘rayevning ammasi ham bor. U Botir Qodirovni tan olishini aytdi.
"Men Botir Qodirovning ammasi bo‘laman. Mana necha kundan beri yuraklarim ezilib ketdi – Botirjonni o‘ylab. Kelinglar, Botirjonni tan olaylik, aka-ukalar ahil-inoqlikda yashasin", deydi Sherali Jo‘rayevning qarindoshi.
Sudda, shuningdek, Sherali Jo‘rayevni yaqindan tanigan, birga yurgan yaqinlari ham qatnashmoqda. Ular ham Botir Qodirovni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
"Botir Sherali Jo‘rayevning haqiqiy o‘g‘li. Haqiqat 10 yildamas, 40 yilda chiqadi deganlaridek, nihoyat chiqdi. Ungacha Botir shunchalik oliyjanoblik qilib, indamay keldi. Sherali Jo‘rayev bir paytlari uni haqorat qilganida ham Botir hech narsa demagan. Bundan 19 yil oldin Sherali Jo‘rayev Xo‘jaobodda to‘yda bu mening farzandim emas, 40 yoshga kirib ko‘rganman farzand deganini eshitgansiz. Men o‘shanda nega unaqa deding, deb Sherali Jo‘rayev bilan janjallashganman, shunda u ko‘ziga yosh olib, shariatda oila mustahkamligi uchun yolg‘on gapirish mumkin ekan, degandi", deydi Sherali Jo‘rayevning yaqin do‘sti.
Sud ishi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun YouTube sahifamizni kuzatib boring.
LiveBarchasi