“Shedevr” choyxonasidagi suiqasd sudga oshirildi. 37 kishiga ayb e’lon qilingan

3-sahifa

image
Qo‘qonda 3 kishi otib qo‘yilgan janjaldan keyin 30 kishi hibsga olindi north_east

Qo‘qonda 3 kishi otib qo‘yilgan janjaldan keyin 30 kishi hibsga olindi

Joriy yilning 6 fevral kuni soat 00:50 atrofida Qo‘qon shahridagi "Shedevr" choyxonasida 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.M.,  B.M., A.Q., va Sh.J. bilan janjallashib, ularni otib qo‘ygan edi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida "Shedevr" choyxonasida sodir etilgan bezorilik va odam o‘ldirishga suiiqasd qilish jinoyatlari va shunga aloqador boshqa jinoyat ishlarini ko‘rish boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dastlabki tergov organi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi (badanga qasddan o‘rtacha og‘ir jarohat yetkazish), 277-moddasi (bezorilik), 25-97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish), 248-moddasi 2 va 3- qismlari (qonunga xilof tarzda o‘qotar qurolini o‘tkazish va saqlash) kabi jinoyat sodir etgan jami 37 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishi viloyat sudi binosida ochiq sud majlisida sudlanuvchilarning 29 nafar advokatlari ishtirokida ko‘rilmoqda. Hozirda sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari eshitilmoqda. Pandemiya sababli fuqarolarning sud majlisida ishtirok etishi cheklangan. 

Shunday bo‘lsada, karantin qoidalariga rioya etgan holda fuqarolarning ochiq sud majlisida ishtirok etishlari imkon darajasida ta’minlanmoqda. Keyingi sud majlislarida sudlanuvchilar bilan birga 60dan ziyod guvohlarning ko‘rsatuvlari eshitiladi. 

"Ish yuzasidan yakuniy qaror qachon chiqarilishi noma’lum, lekin qonuniy va adolatli hukm qonunda belgilangan muddatda chiqariladi", deydi viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni M.B., K.A., va J.Sh. Qo‘qon shahrida joylashgan “Shedevr” choyxonasiga kelganlarida shu yerda bo‘lgan 27 yoshli A.U. va uning sheriklari bilan o‘zaro janjallashishadi. Oqibatda A.U.ning yonida bo‘lgan tanishi 27 yoshli Z.M. tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan “IJ-18” rusumli qirqma miltig‘i bilan B.M, A.Q va Sh.J.ga qarata ikki marotaba o‘q uzib, tan jarohati yetkazadi. Z.M. hodisa joyidan yashirinadi. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd) va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 30 nafar shaxslarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat havfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14 fevral kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida “Tong” tadbiri o‘tkazilgan. Unda ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan “ma’muriy qamoq” qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing