Qo‘qonda 3 kishi otib qo‘yilgan janjaldan keyin 30 kishi hibsga olindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qo‘qondagi choyxonalardan birida yigitlar o‘rtasida kelshmovchilik yuz bergani va ulardan biri 3 kishini otib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB QALAMPIR.UZ`ga qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 6 fevral kuni soat taxminan 00:50 larda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasidan IIBga shoshilinch xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra 25 yoshli M.B., 28 yoshli Q.A., hamda 31 yoshli  J.Sh. tanasining turli sohalarida sochma o‘qdan kelib chiqqan tan jarohatlari bilan murojaat qilganliklari aniqlangan.

Shu kuni soat 00:10 larda M.B., K.A., va J.Sh. Qo‘qon shahrida joylashgan “Shedevr” choyxonasiga kelganlarida shu yerda bo‘lgan 27 yoshli A.U. va uning sheriklari bilan o‘zaro janjallashganliklari oqibatida A.U.ning yonida bo‘lgan tanishi 27 yoshli Z.M. tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan “IJ-18” rusumli qirqma miltig‘i bilan B.M, A.Q va Sh.J.ga qarata ikki marotaba o‘q uzib, tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Z.M. hodisa joyidan yashiringan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd) va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 30 nafar shaxslarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat havfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14 fevral kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida o‘tkazilgan   “Tong” tadbiri davomida ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan “ma’muriy qamoq” qo‘llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

otishma Qo'qon

Baholaganlar

328

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made