Shayxontohurdagi uylardan biriga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 16 fevral kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi uylardan biriga o‘t ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:51 da Beltepa ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:54 da yetib borgan. Yong‘in soat 21:29 da qurshab olingan. Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar to‘g‘risida xabar tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahridagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarining birida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 2 fuqaro tan jarohati olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing