Shayxontohur tumanidagi xonadonga o‘t ketdi
3-sahifa
−
10:29 1145 1 daqiqa
Bugun, 30 sentyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:47 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Jarariq ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘in soat 09:39 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida neft saqlash omboridagi sig‘imlardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi