Shayxlar Gvardiolaga yiliga 20 mln yevrolik shartnoma taklif qilmoqda
Sport
−
20 may 2019
3277Angliyaning “Manchester Siti” klubi rahbariyati Xosep Gvardiolaga 5 yillik yangilangan shartnoma taklif qilmoqda.
“Manchester Siti” rahbarlari ispaniyalik mutaxassisning yillik maoshini 15 million funtdan 20 million funtgacha oshirishmoqchi. Shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum “Manchester Siti” ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida Angliya Kubogi, Liga Kubogi va APL chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Gvardiolaning jamao bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z kuchini yo‘qotadi.
LiveBarchasi