Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitobi qayta chop etildi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2019 10357 1 daqiqa
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Xislatli hikmatlar sharhi” kitobi qayta chop etildi. “Hilol” nashriyoti tomonidan chiqarilgan kitob besh jilddan iborat. Mazkur besh jildlik kitob 2015 va 2017 yillarda ham chop etilgan.
Ushbu to‘plamdan shayx Ibn Atoulloh Sakandariyning “Hikamul-Atoiyya” kitobining tarjimasi va batafsil sharhlar o‘rin olgan. Unda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ruhiy tarbiyaga oid asarlarni o‘rganishga oid mulohazalari, qalb ko‘zi berkligining dalili, aldamchi dunyoga o‘chlik yoki qalb nazari kabi ko‘plab masalalarda mazmunli va xislatli hikmatlari keltirib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida vafot etgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Naqshbandiya. Vaziflar va zikrlar”, “Zikr ahlidan so‘rang” kabi kitoblari uning vafotidan keyin chop etilgan.
Shuningdek, uning “Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi” kitobi ham “Hilo” nashriyoti tomonidan bir necha marta chop etilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025