Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kitoblari asosida test dasturi tuzildi

Jamiyat

image

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida savol-javob dasturi tayyorlandi. Bu haqda kecha, 17 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

“Endilikda Shayx hazratlarining kitoblari asosida tuzilgan savollarga dastur orqali javob topishingiz, qolaversa, bilmagan savollaringizning javoblaridan boxabar bo‘lishingiz mumkin.

Ramazon oyida “Hilol-Nashr” nashriyoti yurtimiz musulmonlari uchun yana bir tuhfa – Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari asosida savol-javob dasturini tayyorladi“, deyiladi idora xabarida.

Ta’kidlanishicha, ushbu dasturda Shayx hazratlarining boy ilmiy meroslaridan manfaat olishingiz mumkin. Hozirgacha 10 ga yaqin kitobdan tayyorlangan savol-javoblar dasturga kiritilgan. Yana bir nechta kitoblar bo‘yicha savol-javoblar tayyorlanib, dasturga qo‘shish rejalashtirilgan.

“Hilol-Nashr” nashriyotining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida jumladan bunday deyiladi: “Agar sizda ham ustozimizning asarlari asosida savol-javob tuzish istagi bo‘lsa, boshqalarga ilm tarqatish xohshi bo‘lsa, biz bilan bog‘laning va o‘zingiz yoqtirgan kitoblardan savol-javob tuzing. Unutmang, siz sabab bir odam ilm o‘rgansa, manfaat olsa, bu siz uchun hadisda keltirilgandek “qizil tuyalardan ham yaxshiroqdir”.

Dasturni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Dastur

Baholaganlar

210

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing