Moskvada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari o‘rganilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 4 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomi bilan ataladigan birinchi diniy-ma’rifiy o‘qishlar boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu tadbirda bir guruh taniqli ulamolar, yetuk olimlar, davlat va din arboblari ishtirok etmoqda. Ular qatorida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o‘g‘li– “Hilol nashr” majmuasi rahbari Ismoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni ko‘rish mumkin. 

O‘qishlar chog‘ida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asarlari va pandu nasihatlaridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan Rossiya Federatsiyasiga kelgan mehnat muhojirlari bilan ishlashda qo‘llash, sof Islom ma’rifatini tarannum etish, soxta diniy oqimlar va mutaassib qarashlarga qarshi kurashishda foydalanish masalalariga alohida urg‘u qaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Ismoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing