Moskvaga uchgan samolyot mina sabab ortga qaytdi

Olam

−

image

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida “Aeroflot” kompaniyasining mamlakat poytaxti Moskvaga uchgan samolyoti mina haqidagi anonim xabar sabab ortga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Xabarovsk-Moskva reysi samolyoti layner minalashtirilgani haqidagi anonim xabardan so‘ng ortga qaytyapti”, deyiladi xabarda.

Samolyot Xabarovsk aeroportiga xavfsiz qo‘nib olgan. Endilikda samolyotda tekshiruv ishlari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Xabarovsk-Moskva yo‘nalishidagi 1713-sonli reys Airbus A330-343 samolyoti bilan amalga oshirilayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing