Senat raisi: Bundan keyin uxlayotgan deputat yoki senatorlar bo‘lmaydi 

Tahlil

image

Odam savdosi dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarda ham kuzatilyapti, deydi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Xalqaro press klubda o‘tkazilgan “O‘zbekiston odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning yangi tizimi: xalqaro hamkorlik, ustuvor vazifalar va muammolar tahlili” mavzuidagi sessiyada. 

Norboyevaning aytishicha, O‘zbekistonda bugunga kelib, bolalar mehnatiga batatmom barham berilgan. Bu borada turli tashkilotlar olib borilgan ishlar o‘z samarasini berdi.  

Birinchi navbatda bolalar mehnatiga qatiyan chek qo‘yildi. Bugungi kunda bu masala ustuvorlikka ega emas biz uchun. Majburiy mehnat bo‘yicha qatiy choralar ko‘rilmoqda. 

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha ham mana shunday keskin choralar ko‘rilmoqda. Bu yaxshi ishlar olib borilayotgan bo‘lsa nimaga kerak edi mana shu soxadagi milliy komissiyani tashkil etish? Mana shu savol hammani o‘ylantiradi, deydi Tanzila Norboyeva. Bu boradagi ishlarni olib borishda eng avvalo hamkorlik ishlarini kuchaytirishimiz kerak. 

Anjuman davomida Senat raisi bundan keyin uxlab yotgan deputat yoki senator bo‘lmasligini, boshqa bir qator masalalar qatorida odam savdosiga qarshi kurashishda ham deputat va senatorlar yakdil bo‘lib ishlashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ Senatning yigirmanchi yalpi majlisida uyquga ketgan senator va amaldorlar haqida “Uxlayotgan senatorlar yoxud uxlab chiqarilayotgan qonunlar” nomli maqola e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva uxlayotgan deputatlar

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing