Toshkentdagi janjal yuzasidan jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
15 avgust 2019
11347Avvalroq, Toshkentda tez yordam xizmati shifokori va haydovichisi erkakni kaltaklagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur video bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma’lumot berib, tez yordam mashinasi vazirlik tizimiga kirmasligini bildirdi.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea kecha, 13 avgust kuni Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘lida yuz bergan. Hodisa Chilonzor tumani 4-sonli IIB tomonidan ko‘rib chiqilyapti.
Xususiy klinikalardan biriga tegishli Hyundai rusumli tez yordam mashinasi KXYda harakatlanib ketayotganda Spark avtomobili bilan bir-biriga yo‘l bermasligi oqibatida o‘zaro janjal chiqqan.
Spark haydovchisi mashinasidagi arra bilan tez yordam shifokori va haydovchisiga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, mazkur janjalda Spark egasi tez yordam haydovichisi va shifokori tomonidan kaltaklanib, tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi