Toshkent tumanida “zamhokim“ 25 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

−

image

Toshkent tumani hokimi o‘rinbosari 1 gektar yerni auksion orqali olib berish evaziga 25 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hokim o‘rinbosari tadbirkorga qurilish texnologiyalari va kompozit eshiklar ishlab chiqarish sanoat majmuasini tashkil etish uchun tuman hokimligi balansida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini auksion savdolariga chiqarib, olib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u Davlat aktivlarini boshqarish tizimidagi tanishlari orqali masalani hal qilib berishini aytib, 25 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “g” bandi hamda 28-modda (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari fuqarodan 16 ming dollar talab qilib, shundan 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlanganda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing