Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim to‘lovlarni to‘lash to‘xtatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020 yilning 16 aprelidan 1 oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, byudjet tashkilotlarida: 

•    asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1 iyuliga qadar to‘xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartiriladi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;

•    kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Prezidentining Davlat byudjeti xarajatlarini ixchamlashtirish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingandi. Unda byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshini bir xillashtirish belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet maosh

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing