Qrim ko‘prigidan o‘tayotgan temir yo‘lning qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qrim ko‘prigidagi poyezdlar harakati shu yilning dekabr oyi oxirida boshlanadi. Bu haqda TASSga qurilish bosh pudratchisi "Stroygazmontaj" rahbari Arkadiy Rotenberg ma’lum qilgan.

Lokomotivni qabul qilish arafasida jurnalistlar sinov rejimida Qrim ko‘prigi temir yo‘l qismi orqali Taman yo‘lovchi stansiyasidan Kerch janubigacha bo‘lgan yo‘lga chiqdi.

19 kilometrlik Qrim ko‘prigi Rossiya va Yevropadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, Kerch yarim orolini (Qrimni) Taman yarim oroli (Krasnodar o‘lkasi) bilan bog‘laydi. Bu Qrim va Rossiya o‘rtasidagi uzluksiz transport aloqalarini ta’minlaydi. 

Transport o‘tish punkti avtomobil va temir yo‘l yo‘nalishlaridan iborat. Ko‘prikning avtoulov qismi o‘tgan yilning may oyi o‘rtalarida ishga tushirilgan. Inshootning temir yo‘l qismi va unga yaqinlashuvchi yo‘l qurilishi davom etmoqda. 

Ma’lumot uchun, Qrim Respublikasi Ukrainada 2014 yilda bo‘lgan mojarolar ortidan referendum orqali Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirgan. Dunyo hamjamiyati Qrimni Rossiya bosib olgan degan da’voni ilgari surib, Qrimni Ukrainaning bir qismi deb biladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qrim

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing