Diplomat voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumon qilinmoqda

Olam

image

Ukraina diplomati Moldovada jinoiy ishga aralashgan. Balti shahridagi Ukraina konsulligi xodimi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumon qilinmoqda.

Moldovaning ECP portaliga ko‘ra, Balti politsiya inspeksiyasi 4 fevral kuni kechqurun Dacia mikrorayonida 37 va 38 yoshli ikki erkak 17 yoshli qizni zo‘rlaganini tasdiqlagan.

Jinsiy missiya… 

Ukraina fuqarosi Polshada mahalliy politsiya tomonidan voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlashga uringanlikda ayblanib qo‘lga olingan. Ikki gumondor ham ushlangan. Ulardan biri 72 soat davomida hibsda saqlangan, ammo ikkinchisi ozodlikda. Sababi u Balti shahridagi Ukraina konsulligi xodimining hujjatlarini taqdim etgan. Qonunga ko‘ra, u diplomatik daxlsizlikka ega.

"Diplomat vazifasidan chetlatildi"

“NordNews” nashrining aniqlik kiritishicha, jabrlanuvchi Singerei shahridan bo‘lgan, ammo Balti shahrida yashaydi. Shuningdek, gumon qilinayotgan ukrainalik diplomat Aleksandr Storojuk ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Moldova diplomatdan tergov harakatlari davomida mamlakat hududidan chiqmaslik talab qilingan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi intizomiy ish qo‘zg‘atgan. Shu vaqt ichida diplomat xizmat vazifasidan chetlatilgan.

Agar diplomatga qarshi ayblovlar tasdiqlansa, Kishinyov Kiyevga diplomatik daxlsizlik huquqini konsuldan tortib olib, uni sudga berish masalasini qo‘yishi mumkin.

Rad etilgan taqdirda, diplomatik xodim “persona non grata” deb e’lon qilinadi, shundan so‘ng u mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi.

Qoida tariqasida, davlatlar aybli diplomatlarni vatanlariga qaytarishni afzal ko‘rishadi. Ammo istisnolar mavjud. 1997 yil 4 yanvarga o‘tar kechasi AQSHda ishlagan gruzin diplomati Jorj Maxaradze mast holatda mashina haydab ketayotganda YTH uchraydi. Uning e’tiborsizligi sabab 17 yoshli AQSH fuqarosi Jovanna Valtrik qurbon bo‘ladi. O‘shanda Maxaradze ham darhol hibsga olinmagan, chunki u diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lgan.

Biroq, AQSH Tbilisiga bosim o‘tkazib, Gruziya-Amerika munosabatlarini murakkablashtirgan. Natijada Gruziya Prezidenti Eduard Shevardnadze Maxaradzeni diplomatik daxlsizlik huquqidan mahrum qilgan. Shundan so‘ng Gruziya diplomati hibsga olinib, sudga tortilgan. Mahkum Maharadze Amerika qamoqxonasida to‘rt yil qamoqda o‘tirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina zo'rlash

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing