Buyuk Britaniya YeIdan chiqdi. Buning O‘zbekistonga qanday ta’siri bor?

Tahlil

image

Buyuk Britaniya bugundan e’tiboran rasman Yevropa Ittifoqi a’zosi emas. Endi o‘rtada quyidagicha savollar paydo bo‘ladi:

Bir qancha davlatlar bu ittifoqqa qo‘shilishga jon jahdi bilan intilayotgan bir paytda nega Buyuk Britaniya ittifoqdan chiqishni xohlab qoldi? Endi nima bo‘ladi? Bitaniya iqtisodiyoti ortga ketadimi yoki aksinchami? Va so‘nggi savol bu jarayon o‘zbekistonliklarga qanday ta’sir qiladi?

Avvalambor Yevropa Ittifoqi bilan qisqacha tanishib olsak. Ittifoq 1957 yilda Yevropa Hamjamiyati sifatida tashkil etilgan. Hozirda unga 27 davlat a’zo. Yevropa Ittifoqi asosan iqtisodiy-siyosiy ittifoq sanaladi. Unga a’zo davlatar o‘zaro erkin savdoni amalga oshira oladilar, shuningdek, ittifoqqa a’zo davlatlarning fuqarolari Ittifoq bo‘ylab yashash va ishlash huquqiga egalar. Ya’ni xech qanday chegara tushunchasi yo‘q. Siyosiy jihatdan Ittifoq davlatlari doimiy tarzda bir birlarini qo‘llab-quvvatlab kelishadi.

Shunday ekan, nega Buyuk Britaniya bunday yaxshi ittifoqdan chiqib ketmoqda?

Gap shundaki, Ittifoqni bir qancha yaxshi jihatlari bo‘lgani bilan uning Britaniya uchun yomon tarafi ham bor. Masalan, Britaniya Ittifoqqa a’zo davlat sifatida Yaqin Sharq va Afrikadan Yevropaga kelgan qochqinlarni qabul qilib, ularga uy-joy berishi kerak edi. Bu esa xafvsizlikka jiddiy tahdid sifatida qaralgan. Shunday vaqtlarda mamlakatda teraktlar soni ko‘paygani ham parlamentni bu masalada yana bir bor o‘ylab ko‘rishga undadi.

Yana bir katta sabablardan biri Buyuk Britaniya o‘zining “Buyuk”ligini yoqotib qo‘yayotgani edi. Bir qancha iqtisodiy va siyosiy masalalarda erkin harakat qilolmasligi uni ana shunday qarorga kelishga majbur qildi.

Endi nima bo‘ladi?

Hozircha Ittifoq va Buyuk Britaniya o‘rtasida imzolangan shartnomalar 2021 yil yanvar oyigacha o‘z kuchida qoladi. Bu 11 oy davomida Britaniya parlamenti Breksit (Brexit-British Exit)dan keyin iqtisodiy, siyosiy va chegaralarga oid shartnomalarni qayta ko‘rib chiqadi.

Britaniyaning Toshkendagi konsulligi QALAMPIR.UZ nashriga xabar berishicha, mamlakat Ittifoqni tark etgandan so‘ng AQSH, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlar bilan Kanada uslubidagi erkin savdo kelishuvini tuzadi.

Shuningdek, Qirollik Osiyo va Afrikadagi rivojlanayotgan mamlakatlarni iqtisodiyotiga ko‘mak berishni nazarda tutadigan loyihalarda faol bo‘lmoqchi.

Bu o‘tish davrida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqiga a’zolikning barcha afzalliklarini saqlab qoladi: harakatlanish erkinligi, rouming uchun qulay tariflar va chegara punktlarida Yevropa ichidagi maxsus yo‘laklardan foydalanish shular jumlasidandir.

O‘zgarishlar Dover kabi parom portlariga va aeroportlarga ta’sir qilmaydi. O‘zaro tibbiy imtiyozlar va biznes qoidalari davom etadi.

Breksit o‘zbekistonliklarga qanday ta’sir qiladi?

Birinchi galda chegara tizimidagi o‘zgarishlar tufayli o‘zbekistonliklar uchun viza olish masalasi qiyinlashishi mumkin. 

Siyosiy tamondan O‘zbekiston endilikda Buyuk Britaniyaga mutlaqo alohida davlat sifatda qaraydi, ya’ni siyosiy kelishuvlar va shartnomalarda Yevropa Ittifoqi ta’siri kamayadi. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Breksit Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya munosabatlariga salbiy ta’sir qilmasligiga ikki tamon hukumatlari astoydil harakat qiladi. 

Bosh vazir Boris Jonson esa Buyuk Britaniyani avvalgi “Buyukligiga” qaytarish yo‘lida o‘z rejalarini amalga oshirishga allaqachon kirishib ketgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi Britaniya

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing