AQSH va Britaniya husiylar nishonlariga havo hujumi uyushtirdi
Olam
−
11 noyabr
1789AQSH va Britaniya havo kuchlari Yamandagi husiylar nishonlariga kamida to‘qqizta zarba berdi. Bu haqda husiylar nazoratidagi “Al Masirah” telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSH va Britaniya samolyotlari Yaman g‘arbidagi Amran viloyatidagi Harf Sufyon hududiga kamida yetti marta zarba bergan. Arab davlatining shimoli-g‘arbidagi Saada viloyatining Al-Safra mintaqasidagi Al-Rahba shahri ikki marta havo hujumiga uchradi.
Jabrlanganlar va qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
G‘azo sektoridagi mojaro avj olgandan so‘ng, husiylar Isroilni o‘qqa tutishi va Falastin anklavidagi operatsiya to‘xtatilmaguncha unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasligi haqida ogohlantirgan.
O‘tgan yilning noyabr oyidan beri husiylar Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida o‘nlab tinch aholi kemalariga hujum qilgan.
Husiylarning harakatlariga javoban Amerika rasmiylari Qizil dengizda navigatsiya erkinligini ta’minlash va kemalarni himoya qilish uchun xalqaro koalitsiya tuzilgani va Prosperity Guardian operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Keyinchalik Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari Yamanning turli viloyatlaridagi husiylarning harbiy nishonlariga muntazam zarba bera boshladi.
LiveBarchasi