Yevropa Ittifoqi Meta’ni salkam 798 mln yevro jarimaga tortdi
Olam
−
14 noyabr
1410Yevrokomissiya Meta korporatsiyasiga 797,72 million yevro miqdorida jarima soldi. Ushbu qaror kompaniyaning monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganligi bilan bog‘liq. Bu haqda Yevrokomissiya rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Meta Facebook ijtimoiy tarmog‘i va Facebook Marketplace onlayn reklama xizmati orasidagi bog‘liqlikni majburiy qilib qo‘ygan, shuningdek, boshqa onlayn e’lon xizmatlarini taqdim etuvchilarga noqulay shartlarni o‘rnatgan.
Yevrokomissiya 2022 yil dekabr oyida korporatsiyani Yevropa Ittifoqi faoliyatining 102-moddasi va Yevropa iqtisodiy hududi to‘g‘risidagi kelishuvning 54-moddasini buzganlikda ayblagan. Tekshiruv davomida Meta Yevropa iqtisodiy hududi ijtimoiy tarmoqlar bozorida va ijtimoiy tarmoqlarda reklama e’lonlari bozorida yetakchi “o‘yinchi” ekani hamda o‘z ustun mavqeidan foydalanib qonunchilikni buzganligi aniqlangan. Natijada kompaniya Yevropa Ittifoqining onlayn reklama sohasidagi monopoliyaga qarshi qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Google Rossiya telekanallarini efirga uzatmaganligi uchun 2 undetsillion (36 nolga teng birlik) rubl miqdorida jarima to‘lashini aytgan edi.
LiveBarchasi