Shavkat Mirziyoyevning bugungi uchrashuvlari haqida ma’lumot berildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 18 sentyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlat rahbari Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel, Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, "Air Products" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka yetib borgan, uni shahar meri Erik Adams kutib olgandi. AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan 19 sentyabr kuni Jo Bayden Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, xususan O‘zbekiston Prezidenti bilan Nyu-Yorkda sammit o‘tkazishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shavkat Mirziyoev N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing