Shavkat Mirziyoyevni Dushanbeda Imomalining o‘g‘li va Bosh vazir kutib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan so‘ng Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga keldi.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali kutib oldi.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash qit’ada hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro forumdir.

Bugungi kunda kengashga 27 davlat a’zo. Sakkizta mamlakat va beshta xalqaro tashkilot uning kuzatuvchilaridir. OHICHK 2007 yil oktyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi huzurida kuzatuvchi maqomini olgan. 2018-2020 yillarda OHICHKga Tojikiston Respublikasi raislik qilmoqda.

“Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona yondashuv» mavzuida o‘tadigan bu galgi yalpi majlisda kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etadi. 

O‘zbekiston Prezidenti sammit doirasida qator xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tojikiston OHIChK

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made