Shavkat Mirziyoyev joriy yil oxirigacha Qozog‘istonga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oqo‘rda Matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni ikki tomonlama kun tartibining barcha spektrlari bo‘yicha yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, sarmoyaviy hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, sanoat, mashinasozlik, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilgan.

Ko‘p qirrali Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida Prezidentlar joriy yil oxirigacha O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli mazmun bilan o‘tkazishni ta’minlash topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing