Shavkat Mirziyoyev yana kitob yozdi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2021
9535O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi. Kitob bugun, 9 sentyabr kuni o‘tayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdida taqdim etildi.
Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.
Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:
• “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”
• “Xalqparvar davlat”
• “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”
• “Adolatli ijtimoiy siyosat”
• “Ma’naviy taraqqiyot”
• “Xavfsizlik va tashqi siyosat”
• “O‘zbekiston va umumbashariy muammolar”.
Prezidentning o‘zi ham ayni vaqtda s’ezdda ishtirok etib, o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.