Shavkat Mirziyoyev o‘tirgan samolyot Moskvadan Toshkentga yo‘lga chiqdi
Jamiyat
−
24 iyun 2020 6891 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga ikki kunlik amaliy tashrifi nihoyasiga yetdi. Davlat rahbari o‘tirgan samolyot Moskva xalqaro aeroportidan Toshkentga yo‘lga chiqdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan erishilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Moskva shahrining Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.

Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr